Olimlarning fikriga ko`ra, mustahkam oila 2 ta insoniy fazilat asosida vujudga keladi, deb yozadi “Adme.ru”.
Erkak va ayol o`rtasidagi mustahkam munosabatlar davomli va mashaqqatli mehnat evaziga bunyod bo`ladi. Mustahkam munosabatlar har bir insondan tinimsiz izlanishni talab etadi. Biroq, bu jarayon ko`pchilik o`ylaganidek qiyin va murakkab emas.
Olimlarning aniqlashicha, oila mustahkam bo`lishi uchun erkak va ayol faqatgina 2 xislatga ega bo`lishi kerak: Mehribonlik va saxiylik.
Psixolog Jon Gottman (John Gottman) o`z rafiqasi Juliya bilan ko`p yillik izlanishlar natijasida mehr-muhabbat er va xotinni bir umrga bog`lashini aniqladi. Hissiy barqarorlik bilan bir qatorda mazkur xislat ham oila barqarorligida muhim o`rin tutadi. Juftiga mehr ko`rsatish qiyinlashadigan payt—bu er-xotinning arazlashib qolgan payti.
Biroq aynan mana shu paytda inson o`z hislarini nazorat qila bilishi kerak. Mazkur jarayonda juftliklardan biri o`z agressiyasini tashqariga chiqarsa, bu o`zaro munosabatlarga misli ko`rilmagan putur yetkazadi.
“Mehr o`z qahr-g`azabingizni tashqari chiqarmaslikda emas, balki uni qay yo`sinda yetkazishingizda namoyon bo`ladi. Siz hech narsani o`ylamay, jahlingizni juftingizga sochishingiz, yoki hotirjam holatda sizga nima yoqmayotganini tushuntirishingiz mumkin. Bu uslub esa ancha yaxshi”,—deydi Juliya Gottman.