×

ali2001(26)

Moskvada kikboksing bo‘yicha ikki karra jahon chempioni travmatik to‘pponchadan jarohatlandi

Moskvada kikboksing bo‘yicha ikki karra jahon chempioni travmatik to‘pponchadan jarohatlandi
Новости мира
08.08.2016, 21:43
1016
0
Kikboksing bo‘yicha ikki karra jahon
chempioni Suren Kalachan
Moskvada jarohatlandi. Bu haqda
poytaxt huquq-tartibot
idoralaridagi manbaga tayanib,
“TASS” ma’lum qildi.

Agentlik manbasiga ko‘ra, hodisa 7-
avgust, yakshanba kuni kechki payt
Moskva shimoli-g‘arbidagi
Solovinaya Rosha ko‘chasida sodir
bo‘ldi. Kalachan va boshqa bir erkak
o‘rtasida bolalar tufayli tortishuv
yuzaga keldi va olishuvga aylanib
ketdi. Mojaro chog‘i sportchi
raqibiga zarba berdi, u esa
kikbokschiga travmatik
to‘pponchadan o‘q uzdi.

Ikki erkak ham politsiyachilar
hamrohligida kasalxonaga
yetkazildi. Kalachan oyog‘idan
yaralandi, raqibi esa tan jarohatlari
oldi. Moskva ichki ishlar
boshqarmasi hodisa ro‘y berganini
tasdiqladi, biroq uning
ishtirokchilari nomini oshkor
etmadi. Tibbiy yordam
ko‘rsatilgach, ular politsiya
bo‘limida so‘roq qilindi. Ular bir-
biriga da’vosi yo‘qligi, allaqachon
kelishib olganini ma’lum qildi.
UMX.UZ Moskvada kikboksing bo‘yicha ikki karra jahon chempioni travmatik to‘pponchadan jarohatlandi

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
home-page--v1 messaging- store tasks--v1