Yangi Zelandiyada “Dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” topildi
Новости мира
Yo‘q bo‘lib ketgan deb hisoblanib kelingan
tabiat mo‘jizasi hozirda qayerda ekanligi
aniqlandi. Issiq geotermal suvlardan hosil
bo‘lgan pushti hamda oq terrasalar qoyasimon
balandliklar kabi ko‘rinish beradi, deb xabar
beradi “Nauka”.
Yangi Zelandiyaning Shimoliy orolida
joylashgan Rotomaxana ko‘li XIX asr oxirlarida
minglab turistlarni o‘ziga jalb qilgan. Ajoyib
sharsharaning balandligi sakkiz qavatli bino
balandligiga teng edi, biroq 1886-yilda u
qo‘shni vulqonning otilishi oqibatida vayron
bo‘lgan. Shundan beri ushbu tabiat mo‘jizasi
Yer yuzidan butunlay yo‘qoldi, deya hisoblanib
kelingan.
XIX asrda yashagan nemis geografi Ferdinand
fon Xoxshtetterning kundaligini tadqiq qilish
natijasida terrasaning avval joylashgan
o‘rnini topishga muvaffaq bo‘lindi.
Xoxshtetterning kundaligi ushbu joyning
taxminiy koordinatalari va yo‘nalishlari bitilgan
yagona qo‘lyozma sifatida saqlanib qolgan.
Aniqlanishicha, ushbu terrasalar yo‘q bo‘lib
ketmagan, shunchaki 15 metrli vulqon kuli
ostida qolgan. Ko‘l hamda atrof-muhit uning
tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib yuborgan, shuning
uchun terrasa manzilini aniqlashning imkoni
bo‘lmagan.

UMX.UZ
Yangi Zelandiyada “Dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” topildi
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+EnterКомментарии (0)
Топ из этой категории