×

ali2001(26)

Penza qamoqxonasidan qochgan o'zbekistonlik ushlandi

Penza qamoqxonasidan qochgan o'zbekistonlik ushlandi
Новости мира
23.07.2017, 08:58
832
0
Rossiya politsiyasi tezkor odimlari O'zbekiston fuqarosi Shavkat Ne`matovni qo'lga olishga muvaffaq bo'ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti RF IIV rasmiy vakili Irina Volkka asoslangan holda. Ne`matov Penza viloyatidagi axloq tuzatish koloniyasidan qochgan edi. Avvalroq, Jinoiy jazolarni o'tash federal xizmati mintaqaviy boshqarmasi (UFSIN) qotillik va bosqinchilik uchun qamalgan 27 yoshli Ne`matov 21 iyul kuni Penzadagi IK-4 qamoqxonasidan qochgani haqida xabar qilgan. U nazorat-o'tkazuv punktidan soxta hujjatni ko'rsatib o'tgani ta`kidlangan. Tezkor xodimlar qochqinni qidirish bo'yicha zudlik bilan ishlarni boshlab yuborgan. Tergov qo'mitasi esa qamoqxona xodimlarining mas`uliyatsizligi yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Penza viloyati UFSIN ma`lumotlariga ko'ra, Ne`matov bir necha soatdan keyin qo'shni mintaqa, Ryazan viloyatida qo'lga olingan. U taksida Moskvaga ketayotgan bo'lgan. Viloyat prokuraturasining aniqlik kiritishicha, Ne`matov qotillik va qurolli o'g'rilik uchun 13 yilga qattiq tartibli qamoq jazosiga mahkum etilgan edi.
UMX.UZ Penza qamoqxonasidan qochgan o'zbekistonlik ushlandi

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
home-page--v1 messaging- store tasks--v1