×

ali2001(26)

AQSh HDK samolyoti ekipaji 7 kilometrdan ortiq balandlikda muzlab qoldi

AQSh HDK samolyoti ekipaji 7 kilometrdan ortiq  balandlikda muzlab qoldi
Новости мира
28.02.2018, 14:51
794
0
AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining EA-18G Growler samolyoti ekipaji parvoz davomida kuchli
muzlashga duchor bo‘ldi. Bu haqda Defense News xabar
bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Hodisa Sietldan 90 kilometr masofada 7 600 metr balandlikda yuz berdi. Havo kemasi Vashington shtatidagi Uidbi-Ayleng bazasidan
Kaliforniyadagi Chayna-Leyk bazasiga yo‘l olgan edi.

Samolyotda haroratni boshqarish tizimi ishdan chiqqanligi
ta’kidlanmoqda. Oqibatda kabinadagi harorat minus 30
darajagacha tushib ketdi va tuman bilan qoplandi. Buning
natijasida samolyotdagi uchuvchi va muhandis uning tashqarisini
ko‘rish va datchik hamda kompaslar ko‘rsatkichlarini
kuzatib borish imkonidan mahrum bo‘ldi.

Yuz bergan hodisa tufayli ekipaj samolyot yo‘nalishini aqlli soatlar yordamida dispetcherlar bilan
taqqoslab, EA-18G Growler’ni Uidbi-Aylengga qaytarishga
majbur bo‘ldi. Bazaga yetib kelgan uchuvchi va muhandisda kuchli sovqotish belgilari
aniqlandi.
UMX.UZ AQSh HDK samolyoti ekipaji 7 kilometrdan ortiq balandlikda muzlab qoldi

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
home-page--v1 messaging- store tasks--v1