×

ali2001(26)

Xitoylik ayol yanglishib tirik erini o‘likxonaga yubordi

Xitoylik ayol yanglishib tirik erini o‘likxonaga yubordi
Новости мира
01.03.2018, 14:19
980
0
Xitoyda erini o‘lgan deb gumon qilgan ayol uni o‘likxonaga
yubordi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi, deb
yozadi “RIA Novosti”.

Hodisa Xitoy markazidagi Xubey
provinsiyasi Shiyan shahrida yuz berdi. Xuan sharifli erkakda
oshqozon saratonining oxirgi
bosqichi aniqlangan. 26-fevral tongida uni uyg‘otishga harakat
qilgan rafiqasi buning uddasidan chiqa olmagan. U erini kechasi vafot etgan deb hisoblab, dafn
etish xizmatini chaqirdi, ular erkakni o‘likxonaga yetkazdi.

Bir necha soatdan so‘ng jasadni ko‘mishga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘likxona xodimlari erkakning og‘zi va barmoqlari
sezilar-sezilmas titrayotganligini payqadi. Uning yurak urishini tekshirgan xodimlar “o‘lik” hali
tirik ekanligiga ishonch hosil qildi.

O‘likxona xodimlari tez yordamni chaqirdi, biroq shifokorlar yetib kelgunga qadar erkak vafot etdi.
UMX.UZ Xitoylik ayol yanglishib tirik erini o‘likxonaga yubordi

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
home-page--v1 messaging- store tasks--v1