Sardor Rashidov “Al-Jazira” bilan shartnoma tuzdi. Unda “Real”ga qarshi o‘ynash imkoniyati bor
Спорт
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor
Rashidov faoliyatining Amirliklarning “Al-
Jazira” klubida davom ettiradi. Bu haqda
futbolchining o‘zi Instagram sahifasi orqali
ma’lumot bergan.
“Al-Jazira” klubi futbolchini yaxshi kayfiyat va
chiroyli tort bilan kutib olganini ko‘rish
mumkin. Klub yakuniga yetgan BAA
chempionati g‘olibiga aylangani uchun, shu
yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan klublar
o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Mazkur turnirga Yevropa chempioni sifatida
Madridning “Real” klubi ham tashrif buyuradi
va ishtirokini yarim final bosqichidan
boshlaydi.
Klublar mundialining so‘nggi mavsumida
Yaponiyaning “Kashima Antlers” klubi finalga
qadar yetib borib, yakunda “Real”ga qarshi hal
qiluvchi o‘yinda maydonga tushgandi. “Al-
Jazira” 6-dekabr kuni ishtirokini pley-off
bosqichida Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti”
klubiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Sardor Rashidov bunga qadar 2015-yildan
buyon Qatarning “Al-Jaish” klubi sharafini
himoya qilib kelgandi. Ammo 2017-yildan
e’tiboran “Al-Jaish” hamda “Lahviya” klublari
bitta jamoa bayrog‘i ostida birlashtirilgach,
Rashidov Qatarni tark etishga qaror qildi.
Unga Amirliklarning “Al-Ayn” klubi ham jiddiy
qiziqish bildirgan bo‘lib, Osiyoning 2016-yildagi
eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon
Rashidovga ikki marta qo‘ng‘iroq qilgan va
jamoasiga taklif qilgandi. O‘zbekistonlik yarim
himoyachi esa klublar o‘rtasidagi Jahon
chempionatida o‘ynash istagi tufayli “Al-
Jazira” variantini yoqtirayotgani haqida aytib
o‘tgandi.
2013-yildan buyon O‘zbekiston milliy terma
jamoasida to‘p surib kelayotgan futbolchi
faoliyatini 2007-yil Jizzaxning “So‘g‘diyona”
klubida boshlagan bo‘lib, 2009—2015-yillar
davomida Toshkentning “Bunyodkor” klubi
sharafini himoya qilgandi.

UMX.UZ
Sardor Rashidov “Al-Jazira” bilan shartnoma tuzdi. Unda “Real”ga qarshi o‘ynash imkoniyati bor
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+EnterКомментарии (0)
Топ из этой категории