×

dead_j(25)

Kaliforniyada avtomobillarning haydovchisiz harakatlanishiga ruxsat berildi

Kaliforniyada avtomobillarning haydovchisiz harakatlanishiga ruxsat berildi
Технология
28.02.2018, 15:18
928
0
Kaliforniya hukumati
kompaniyalarga shtat yo‘llarida haydovchilarsiz avtomobillarni sinab ko‘rish imkonini beruvchi yangi qoidalarni ishlab chiqdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Qayd etilishicha, bunga qadar mustaqil boshqariladigan
avtomobillar yo‘llarda favqulodda vaziyatlarda boshqaruvni o‘z
zimmasiga oladigan haydovchi bilangina harakatlana olardi.

Hukumat ruxsatini olish uchun avtopilotga ega avtomobil ishlab
chiqaruvchilar ularning xavfsizlik talablariga to‘la javob berishini isbotlashi kerak bo‘ladi.

Mazkur qoidalar uch yildan ortiqroq vaqtda ishlab chiqildi va Kremniy vodiysidagi yirik kompaniyalar tomonidan intizorlik bilan kutilayotgan edi, deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda Kaliforniyada
mustaqil boshqariladigan
avtomobillarni Alphabet, Uber, Apple, GM, Ford va Toyota kabi 50 ga yaqin kompaniyalar sinovdan o‘tkazmoqda.
UMX.UZ Kaliforniyada avtomobillarning haydovchisiz harakatlanishiga ruxsat berildi

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
home-page--v1 messaging- store tasks--v1