[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ] |
|
|
Модератор форума: idris, Islombek |
Форум Antiqa Forum Erkin mavzular Sherzod Burxon (Hujandiy) Ijodidan sherlar |
Sherzod Burxon (Hujandiy) Ijodidan sherlar |
22.07.2016, 08:47
Ramazon Muborak
Sizga bo'lsin muborak, Hayit Ramazon, Qalblarda jo'sh ursin ezgulik ishonch. Bayramni nishonlang, yetuk bu makon, Sizni tark etmasin, arimasin quvonch Sizga hamroh bo'lsin iymon, birodar, Musofir yurtlarda musulmon darbadar. Yurtingiz ko'ringiz sog'-omon faqat, Ramazon hayitingiz bo'lsin muborak! Chehrangizni oching unutib gina, Bugun unutilmas kun, o'zgacha sana. Takroran aytmoqda yurak ham yana Ramazon hayitingiz bo'lsin muborak Dilin hiralagan insondan, kechirim so'rang, Yaqin insonlarga uzoq umr tilang Yetim-bechoralarning boshini silang, Bugun Arafa kecha, hayit muborak |
22.07.2016, 08:48
Kim kimligini bildim!
Ba'zan hayot yo'lida nogoh yiqildim, Kim turishga yordam berar deb kutdim, Hech kim qiyo boqmadi rosa siqildim Kim asli kimligini endi tushundim Jim o'tib ketsa ham mayli hammasi, Yordam bermasa bermas barchasi Shunday tepib ketdiki, qoldi yarasi Kim asli kimligini afsus kech bildim Hayot so'zi ikki bo'g'in, besh harf ekan, Bilmaganga bu so'z ham ming ofat ekan Do'stim deb bilganim dushmanim ekan Kim asli kimligini endi tushundim Ishi bitmaguncha sog' bo'l oshnam der, O'zidan kichikni sizlab akam der, Suvdan quruq o'tib, toshshingni ter der Afsus kim asli kimligini endi tushundim |
22.07.2016, 08:50
Vatanim
Men seni sog'indim ona vatanim, Musofir yurtlarda muzlagan tanim. Men seni sog'indim buyuk Tojikiston Tuprog'ing quysayman, yuragim yarim Men seni sog'indim ulug' maskanim, Musofir yurtda holim so'ramas g'anim, Sog'indim oilam, yor-do'stlarimni, Sog'inch hunob qiynayapti, yuragim yarim Onamdek porlagan quyosh taftini, Shildirlab oqayotgan zilol suvini, Mendan farqi qolmadi hatto daydini Sog'indim juda ham ona vatanni O'zgacha havo hukmron sovuq, Sog'inch yaralagan qalbimni bir o'q Vatandan yiroqda, shod yurganim yo'q Men seni sog'indim ona vatanim Ular aytishadi, maza qilib kel, Moskva shahridasan, yur aylanib der, Ahir oson emas, o'zga yurt bu o'zga el, Yurtimni sog'indim, og'riganida bel Ha oson emas, o'ylamang kalta, Ishlayapman sovuqda, qilmadim yalta, Yurtimga borsaydim kelmasdim qayta, Men seni sog'indim, borgum albatta Oilam, Farzindim boqishim kerak, O'g'lim kel sog'indim deb onam sarak Tez kunlarda albatta borishim kerak Men seni sog'indim, sog'indi yurak... |
22.07.2016, 08:51
Nima keladi qo'lingdan
Chiqib qolsam yo'lingdan, Tutib olsam qo'lingdan. Bo'sa olsam labingdan, Nima keladi qo'lingdan. Ko'zlaringga qarab turib, Qo'llaringni tutib turib. Bitta o'psam yurak yutib, Nima keladi qo'lingdan Yuragimni tortiq qilib, Atirgulni senga berib. Sevaman desam kulib turib, Nima keladi qo'lingdan. Meduza deb atasam, Faqat sani o'ylasam. Ko'zlaringga qarasam, Nima keladi qo'lingdan. Kunda ming bor sog'insam, Rasming termulib ovunsam. Ko'rish uchun oshiqsam, Nima keladi qo'lingdan?! Sen hayotim mazmuni, Aytib qo'yay men shuni. Bitta o'psam bir kuni, Nima keladi qo'lingdan Har kun o'tsam ko'changdan, Tutib turib belchangdan. Gar o'pmasam yuzchangdan, Nima keladi qo'lingdan! |
22.07.2016, 08:52
To'rtliklar
Puli yo'q bo'lsa kamsitish kulish, O'zining qo'lidan kelmaydi bir ish, Puli kamdir lekin yo'q unda tashvish Halol mehnat qiladi, qilmas gunoh ish **** Bir kuni uchratdim parivash go'zal, Husni tengsizdir, so'zlari asal, Muhimi bu emas, muhimi bu dil Tengsiz chiroydan ko'ra ko'nglidir afzal **** U juda ham chiroyli qiz ekan tengsiz, Ammo kiyib olibdi, kunduzi engsiz Vaqti kelsa bu kimga bo'larkan kelin, Shunday baxtga yetarmi, siz nima deysiz? |
22.07.2016, 08:57
Bilaman
Qurg'ur yurak hamon izlaydi, Sog' emasman, tanim muzlaydi! Qalbim yig'lar, lablar kulsaydi, Tashlab ketmay bir bor kelsaydi So'ngi marta bo'lsa ham mayli, Kelib indamay ketsayam mayli. Alvido so'zini aytsayam hamki, Bir ko'rsam, bir kulsam mayli. Qalbda isyon, kelmas bilaman, Bilsam hamki lekin kutaman. Sog'inch qiynar hunlar yutaman, Ul bevafo kelmas bilaman. (Sherzod Burhonov | Arxivda |
22.07.2016, 08:58
Ruboiylar
U juda ham chiroyli qiz ekan tengsiz, Ammo kiyib olibdi, kunduzi engsiz. Dedim uyalmaysanmi?! Uyatku essiz, Ul dedi hozir XXI - asr. * * * * * Ona muqaddas zot, yetkazmang sitam. Vaqingiz borida yo'qlang siz ham. Keyin kech bo'lsa tutmasdan motam, Ona duosi kerak, marmar toshdan ham * * * * * Do'stim ko'p deb suyunma, Hammasi ham do'st emas. Tashlab ketsa kuyunma, Nomard do'st ham kerakmas! * * * * * Begona ko'chadan o'tdim nogahon, Qon qaqshab yig'lardi essiz onahon, Kuzatdim uzoqdan gap nimada deb, Farzandi sababchi, eh qanday zamon. |
22.07.2016, 08:59
MANIMCHA SEVIB QOLDIM
Bir qoraqoshni ko'rdim, Ko'zlari ham qop-qora. Ko'zim uzolmay qoldim, Manimcha sevib qoldim Nozik qadam tashlashlar, Ko'z uchida qarashlar, Lab bursa ham yarashar, Manimcha sevib qoldim. Oshiqlari ko'p bisyor, Manzili huv Ispisor. Shu bo'lsaydi mening yor Sevib qoldim hoyna-hoy Bildim qayda o'qishin, Qaysi uyda turishin. Ey do'stginam sen tushin Manimcha sevib qoldim O'zgachadir bu hayot, G'o'zallashdi nihoyat. Oshiq bo'ldiku Sherzod, Sevib qoldimku voydod Tel nomerini oldim, Hisobimni to'ldirdim. Tunda rosa gap otdim, Manimcha sevib qoldim. Mayin ekan ovozi, Shirinsuhan har so'zi. Uylanaymi?! U rozi Manimcha sevib qoldim Gapgashardik kun-u tun, Mensiz turolmas bir kun. Uchrashmoqchimiz bugun. U ham Sevgani uchun. Uyalibgina turardi, Yonginamda yurardi. Juda chiroyli kulardi. Manimcha sevib qoldi |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |||
| |||