×

ali2001(26)

Samsung vitse-prezidenti 12 yilga qamalishi mumkin

Samsung vitse-prezidenti 12 yilga qamalishi mumkin
Новости мира
11.08.2017, 10:22
920
3
Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung Electronics
kompaniyasi vitse-prezidenti va Samsung group
rahbari Li Chje Yonga 12 yil qamoq jazosini
belgilashni talab qildi. 49 yoshli milliarder katta moliyaviy mojaroga
aralashib qolgandi. Prokuraturaning
ma'lumotlariga ko'ra, u mamlakatning amaldagi
qonunchiligiga hilof ravishda Samsungning bir
nechta tuzilmalarini birlashtirishda qo'llab-
quvvatlashga ega bo'lish uchun qariyb 37 million dollar bergan. Bundan tashqari, unga o'g'rilik,
daromadni yashirish va yolg'on ko'rsatma berish
bo'yicha ayblov qo'yilmoqda. Biznesmen hozir qamoqqa olingan. Sud 27
avgustga qadar unga hukm chiqarishi kerak. Shu
kuni dastlabki hibsga olish muddati tugaydi.
Prokuratura, shuningdek, Samsungning yana
uchta top-menejeriga 10 yillik qamoq
muddatlarini talab qilgan.
UMX.UZ Samsung vitse-prezidenti 12 yilga qamalishi mumkin

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (3)
Топ из этой категории
home-page--v1 messaging- store tasks--v1